Kafedra

Tabiiy tolalar va motoga ishlov berish texnologiyasi kafedrasi

Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich

haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

+998905164489

E-mail: fazliddin.123456789@mail.ru

Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi kafedrasi haqida
“Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi 2020-2021 o‘quv yilidan yangi kafedra sifatida Jizzax politexnika institutining “Sanoat texnologiyalari” fakulteti ta'sarrufida faoliyat olib boradi. Hozirda kafedrada jami 26 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 4 nafar professor, 14 nafar dotsent, 5 nafar ilmiy darajali assistent hamda 3 nafar assistant o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida 280 ga yaqin kunduzgi va 190 nafar sirtqi bakalavr talabalar, 10 ga yaqin magistratura mutaxasisliklarida tahsil olib kelmoqdalar. Bundan tashqari 1 nafar stajyor-tadqiqotchi, 2 nafar tayanch doktorant va 5 nafar mustaqil izlanuvchilarlar kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy izlanishlarini olib bormoqda.
KAFEDRADA QUYIDAGI BAKALAVIRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI MAVJUD:
- 60720700-Yengil sanoat muhandisligi (tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi bo‘yicha, tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi bo‘yicha, charm va mo‘yna innovatsion texnologiyalari bo‘yicha);
- 60720400- Texnologik mashinalar va jihozlar (to‘qimachilik, yengil, va paxta sanoati tarmog‘i bo‘yicha);
- 70720705-Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnologiyasi mutaxasisligi (magistratura);
- 70720704-Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash (magistratura);
Bulardan tashqari kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy izlanuvchi o‘qituvchilarimizdan 3 nafari 05.06.02 -“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy faoliyat olib bormoqdalar. “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi” kafedrasi yosh kafedra bo‘lishiga qaramasdan yuksak salohiyatli kadrlarni jamiyatga tayyorlab berish, bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlarda, tashkiliy-uslubiy ishlarda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda va sport ishlarida ham institut kafedralari ichida yuqori o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan har o‘quv yilida talabalarga va magistrantlarga 60 dan ortiq mutaxassislik fanlaridan yuqori saviyada tashkil etilgan o‘quv xonalarida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Jumladan kafedrada o‘quv jarayoni malakali ustozlar tomanidan a’lo darajada amalga oshirilmoqda. Buning uchun kafedramizda talabalarga ma’ruza darslarini olib borish uchun 5 ta xonalar mavjud. Bundan tashqari amaliy va laboratoriya dars mashg‘ulotlarini amalga oshirish uchun laboratoriya jixozlari bilan ta’minlangan 8 ta xonalar bor. Ulardan 2 tasi ilmiy laboratoriya bo‘lib, biri paxtani dastlabki ishlash uchun qo‘llaniladigan barcha laboratoriya jixozlari bilan, ikkinchisi esa hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan charm xomashyolarini dastlabki ishlash korxonalarining laboratoriya jixozlari bilan ta’minlangan. Paxtani dastlabki ishlash va urug‘ tayyorlash texnalogiyalari bo‘yicha va charm xomashyosini dastlabki ishlash texnalogiyalari bo‘yicha ilmiy laboratoriya xonalarida kafedra professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalar tarjibalar olib borishmoqda. Kafedraning 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘quv yuklamasi bo‘yicha shtat birligi 17 ni tashkil etib, shundan asosiy shtatda 16 nafar, ichki o‘rindoshlar 10 nafar va 2 nafar tashqi o‘rindoshlar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishdi. Ulardan 4 nafar professor, 14 nafar dotsent bo‘lib, kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 92.0 % ni tashkil etdi. Kafedraning o‘rtacha yoshi asosiy va o‘rindoshlik asosida ishlayotgan professor-o‘qituvchilarga asosan 38 yosh.
Barchamizga ma’lumki respublikamizda fan, inovatsiyalar va ilmiy salohiyatga yildan yilga e’tibor ortib bormoqda. Bunda barcha ilm insonlarining ham xizmati kattadir. Shu jumlada ta’kidlab o‘tishimiz joizki, bizning kafedra o‘qituvchilarimiz ham ilmiy izlanishlari bilan soha rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 350 dan ziyod ilmiy maqola va tezislar chop etilgan bo‘lib, bulardan SCOPUS bazasidagi jurnallarda 40 dan ortiq, 200 dan ortig‘i esa mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ham chop etilgan.
Akademik harakatchanlik dasturi doirasida kafedra professor- o‘qituvchilaridan shu kungacha 4 nafari tanlov g‘olibi bo‘lib o‘z ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy qildilar. Yana 3 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z loyihalari bilan tanlovda qatnashmoqda. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnoma asosida institutga 100 millionga yaqin pul mablag‘i tushirilgan.
Yevropa ittifoqining grant dasturi doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari Italiya, Ruminiya, Gretsiya kabi davlatlarda stajirovklalarni o‘tab qaytgan bo‘lib shu davlarlardagi yetakchi TOP-1000 Universitetlar bilan Xamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lsa qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi Almati va Chimket shaharlaridagi TOP-1000 Universitetlarida doimiy stajirovkalardan o‘tib tajriba almashinilmoqda.