Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyasi kafedrasi
Djamalov Zohid Zafarovich
haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha.
+998974843774
Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari kafedrasi haqida ma’lumot
Jizzax politexnika instituti respublikadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiradi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qaroriga asosan Toshkent arxitektura-qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Jizzax filiali hamda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax filiali umumtexnika fakultetlari negizida tashkil etilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.
“Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari” kafedrasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 3-oktyabrdagi 728-sonli buyrug‘i hamda Jizzax politexnika instituti rektorining 2017-yil 6-oktyabrdagi №534-AF-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan.
Kafedra o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy Majlis qarorlari, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi nizom hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ish yuritadi.
Kafedraning manzili: Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Toqchilik mahallasi, Talabalar ko‘chasi, 15-uy.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda:
60720100 — Oziq-ovqat texnologiyasi
60810100 — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
60811000 — Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
60811300 — Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
60710200 — Biotexnologiya
Shuningdek, magistratura bosqichida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:
70720101 — Oziq-ovqat texnologiyasi
70810701 — Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
70810101 — Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
Hozirgi vaqtda kafedrada jami 700 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida kafedrada jami 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 17 nafari asosiy shtatda ishlaydi. Ularning tarkibida:
1 nafar falsafa fanlari doktori, professor
11 nafar falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent
2 nafar dotsent
mavjud.
Shuningdek, kafedra xalqaro hamkorlik doirasida Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat agrar universiteti hamda Jizzax politexnika instituti o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shartnomalari asosida faoliyat olib bormoqda.