Kafedra

Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi mudiri

Isroilov Faxriddin Murodqosimovich

Seshanba, Payshanba va Shanba kunlari 14:00 dan 16:00 gacha.

+998911994488

E-mail: metrologiyafaxriddin@gmail.com

Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi tarixi
Jizzax politexnika institutida 5310900 – "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha)" ta'lim yo'nalishi bo'yicha talabalarning dastlabki qabuli 2011- yildan boshlangan.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29-iyundagi "Jizzax politexnika institutini takomillashtirish to'g'risida"gi 187-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida hamda Jizzax viloyati xalq xo'jaligi tarmoqlarini ushbu yo'nalish mutaxassisliklariga bo'lgan ehtiyojlarini inobatga olib, 2013 yildan 5310900 – "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha)" ta'lim yo'nalishiga qabul qilish 60 na-farga yetkazilib, 20 nafar davlat granti asosida va 40 nafar to'lov-kontrakt asosida 5310900–"Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha)" ta'lim yo'nalishiga talabalar o'qishga qabul qilindi. Ushbu qabul ko'rsatkichi 2013-2018 – o'quv yillari o'zgarmasdan kelib, 2018-2019 o'quv yilidan qabul kvotasi 40 nafar qilib belgilandi.2020-2021 o'quv yilidan qabul kvotasi 75 nafar qilin belgilandi. 5310900 – "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha)" ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12-iyundagi 157 –sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida 2014-yil 27-iyulda "Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi tashkil qilindi.Dastlab ushbu yo'nalish talabalariga o'tiladigan mutaxassislik fanlaridan laboratoriya mashg'ulotlarini sifatli olib borish maqsadida O'zbekiston Respublikasi "Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi" homiyligida 34 mln.so'mlik zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar kafedraning tegishli o'quv laboratoriya xonasiga olib kelib o'rnatildi. Hozirgi vaqtda o'qitiladigan mutaxassislik fanlari bo'yicha ta'lim sifatini yaxshilash hamda ta'lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash borasida O'zbekiston milliy metrologiya institutining Jizzax filiali, hamda "O'zbekiston qishloq xo'jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi" bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. 2014 yil sentabr oyidan "Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasiga texnika fanlari nomzodi dotsent R.R. Islomov rahbarlik qilgan. 2016 yil yanvar oyidan "Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasiga qishloq xo'jalik fanlari nomzodi O.Qo'ychiyev rahbarlikni davom ettirgan. 2016 yil oktabr oyidan "Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasiga qishloq xo'jalik fanlari nomzodi U.Islomov rahbarlik qilgan. 2017 yil sentabr oyidan shu yilning dekabr oyigacha "Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasiga texnika fanlari nomzodi dotsent R.R. Islomov kafedra mudiri vazifasini bajargan. 2017 yil dekabr oyidan 2019 yilga qadar kafedrani texnika fanlari nomzodi dotsent B.N.Qo'ziev boshqarib kelgan. 2020 yil dan boshlab 2025 yilga qadar kafedrani kafedrani pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Shertayloqov G'ayrat Muradovich boshqarib kelgan. 2025 yil oktyabr oyidan Isroilov Faxriddin Murodqosimovich boshqarib kelmoqda. Bugungi kunda quyidagi professor-o'qituvchilar – falsafa doktori (PhD) dotsent, O'. Jamolov, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, Shertayloqov G'. M. dotsent F. M. Isroilov, dotsent N. Badalov, dotsent A. Abdurahmonov, kata o’qituvchilar B. Muxammadiyev, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), A.Y.Murodova, F.A. Raxmonov, va assistentlar (PhD) asistent, S. Tojimurodov, K.Ergasheva, B.Altmishov, O’.Badalov, hamda kabinet mudiri S.Tojimurodov, Lobarant B. Umurov. Lobarant M.Mamayoqubovalar kafedrada faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan shu kunga qadar 22 ta o'quv qo'llanma, 51 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, 6 ta patent, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar ilmiy va xorijiy ilmiy jurnallarda 10 dan ziyod Scopus darajasidagi maqolalar Konferensiya va Jurnallarda nashr etildi.
BAKALAVRIAT yo'nalishi:5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha), 60710800 – Metrologiya va standartlashtirish.
MAGISTRATURA mutaxassisligi: 5A310902-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
Bugungi kunda kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2025 yil noyabr oyida, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), A.Y.Murodova, va shu oyda S. Tojimurodov Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) nomzodlik ishini ximoya qildilar. Kafedradagi ilmiy saloxiyat 40 % Hozirda kafedrada 4 nafar o'qituvchi mustaqil tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bormoqda shulardan 3 nafari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida. Kafedra XORIJIY HAMKORLIK
Jizzax politexnika instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi va X.A.Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti bilan tuzilgan Xalqaro Memorandum asosida ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida xamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, professor-o‘qituvchilarning onlayn va oflayn tarzda stajirovka o’tashlari, malaka almashinuvi xamda o’quv adabiyotlari yozish, maqola va tezislar chop etish ishlari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi vaqtda jadallik bilan rivojanib borayotgan ta’lim sohasida ro‘y berayotgan jarayonlar takomillashtirishni talab etmoqda, yangilikni joriy etish esa, har doim ham murakkab va uzoq yo‘ldir. Shu maqsadda xalqaro TOP 1000 talikga kirgan universitetlar amaliyotini o’rganib targ’ib qilish maqsadida Jizzax politexnika instituti “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan F.M.Isroilov va B.S.Altmishovlarni 2025-2026 o‘quv yilgi rejasiga asosan xorijiy OTMlarga stajirovkaga yuborish rejasi belgilangan edi, shuning uchun X.A.Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetining “Elektr muxandisligi” kafedrasiga 144 soatlik stajirovka o’tash maqsadida 10.10.- 10.11.2025 yilga qadar xizmat safarida bo’lishi sababli “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan F.M.Isroilov va B.S.Altmishovlarning dars mashgulotlarini to’g’ri taqsimlanishi xaqida kelishib olindi. Ma’lumki Respublikamizda yuzdan ziyod Oliy talim muassasalari faoliyat oilb bormoqda barchasi jaxon andozalari asosida jixozlangan o’quv auditoriyalariga ega. Ta’lim muassasalarida kuchli bilim va saloxiyatga ega professor-o’qituvchilardan tashkil topgan bo’lib o’z mavqeyiga ega shu universitetlarning barchasining maqsadi TOP mingtalik darajaga erishish. Buning uchun birinchi maqsadda TOP mingtalik darajadagi universitetlar ilmiy saloxiyatining strukturaviy tuzilishini va ta’lim dasturlari dars mashg’ulotlar jarayonlarini o’rganish orqali reytingni oshirish ko’zda tutilgan.
Ivanovo davlat ximiya texnologiya universiteti(IDXTU), (Rossiya Federatsiyasi) O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Rossiya federatsiyasining fan va ta'lim vazirligi o'rtasidagi 12.08.2005 yilda tuzilgan kasbiy ta'lim sohasidagi o'zaro kelishuv bitimi asosida 18.05. 2018 yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi bo'yicha ta'lim sifatini oshirish uchun hamkorlikni amalga oshiradi. Xozirda kafedra bilan muzokaralar olib borilmoqda.Rossiya federatsiyasining oliy ta'lim federal davlat standartlari, O'zbeksiton respublikasining ta'lim standartlari hamda, ish beruvchilar va mehnat bozorining, fan rivojining eng so'nggi tendensiyalari asosida ishlab chiqildi. 2019-2020 o'quv yilida Jizzax politexnika institutida qo'shma ta'lim dasturlariasosida 4 ta(5320400-Kimyoviy texnologiya(ishlab chiqarish turlari bo'yicha), 5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti(tarmoqlar bo'yicha), 5310800-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo'yicha), 5350700-Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo'yicha)), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori 11 b bandiga asosan 2 ta(5340100-Arxitektura(turlari bo'yicha), 5340200-Bino va inshootlar qurilishi(turlari bo'yicha)) jami 6 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha qabul amalga oshirildi.O'zbekistonRespublikasi qabul bo'yicha Davlat komissiyasi majlisining 11 –son bayoni (2019 yil 5 oktyabr, 8 -band)da Jizzax politexnika institutiga qo'shma ta'lim dasturlari asosida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo'yicha to'lov-kontrakt asosida qabul kvotasi "Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti" yo'nalishiga 20 nafar qilib belgilangan. Tuzilgan shartnoma bo'yicha ta'lim dasturida tomonlarning huquq va majburiyatlari quyidagicha qilib belgilangan:
KAFEDRANING MODDIY TEXNIK BAZASI
2020-2021 o'quv yilida Kafedrada dars mashg'ulotlarini olib borish uchun texnik asbob-uskunalardan 1 dona proektor, 1 dona kompyuter, 1 dona printer, 1 dona skaner va 1 dona televizorlar bilan ta'minlangan. Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni olib borishga mo'ljallangan 2 ta o'quv laboratoriya xonalari mavjud. 2020-2021 o'quv yilidan boshlab aksariyat laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar kafedra filiallarida, ya'ni ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazildi. 2025-2026 o'quv yilida reja asosida belgilangan tartibda O'zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi, O'zTEST Unitar korxonasi, Jizzax viloyati davlat Sanitariya epidamalogiya markazi, Standart-luks-servis MCHJ, Agrosanoat majmuidagi xizmatlar ko'rsatish markazi DUK, Jizzax viloyati ETUT, Jizzax viloyati ekalogiya va atrof muxitni muxofaza qilish boshqarmalari bilan xamkorlikda talabalar amaliyoti olib borilmoqda.