Iqtisodiyot va menejment kafedrasi mudiri
Nasriddinov Jasurjon Islomovich
+998902657698
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi ilk bora 1984-yil 12- dekabrda “Qurilish texnologiyasi, uni tashkil etish va iqtisodiyoti” nomi ostida tashkil etildi. Kafedra “Qurilish iqtisodiyoti va uni tashkil etish” hamda “Qishloq xo‘jaligi qurilishi” mutaxassisliklarini tayyorlab chiqara boshladi. 1989-yilda kafedraning nomi “Qurilishda iqtisodiyot va boshqaruv” deb o‘zgartirildi. 1992-yilda Jizzax politexnika instituti tashkil etilishi munosabati bilan kafedraning nomi “Mashinasozlikda, qurilishda iqtisodiyot va boshqaruv” deb o‘zgartirildi va yo‘nalish mutaxassisliklarini tayyorlab chiqara boshladi. Ushbu yillarda kafedra “Qurilish muhandisligi” fakulteti tarkibida faoliyat yuritib keldi. 2014-yildan boshlab “Menejment”, “Transport tizimlarini boshqarish” ва “Iqtisodiyot va menejment” nomlari bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tarkibida 29 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Jumladan, 1 nafar v.b professor, 11 nafar ilmiy darajali fan nomzodi, falsafa doktori hamda dotsentlar, 5 nafar ilmiy unvonli dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistentlar Menejment, Buhgalteriya hisobi, Iqtisodiyot, Marketing, Sanoat muhandisligi va menejmenti mutaxassisligiga oid 80 ta fan, shundan; 60 ta bakalavriat va 20 ta magistratura bo‘yicha fanlarni Davlat ta’lim standartlariga mos holda talabalarga bilim berib kelmoqda. Bugungi kunda esa kafedramiz assistentlari Y.Axmedova, S.Usmanova, D.Turumova, L.Rasulov, Sh.Rasulovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish bilan shug’ullanib kelmoqdalar.
60410800-Menejment, 60410200-Buhgalteriya hisobi, 60410100-Iqtisodiyot, 60411200-Marketing, 60712200- Sanoat muhandisligi va menejmenti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, fan, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sanoat tarmoqlari sohalaridagi yo‘nalishlar bo‘lib: sanoat, moliya, iqtisodiyot, servis, logistika, ta’lim, ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv, ish yuritish tizimlarini tashkil qilish, rejalashtirish, bozor infratuzilmalarini shakllantirish, zamonaviy marketing konsepsiyasi, sanoat ishlab chiqarishini boshqarish, BHXS xalqaro standartlarga mos buxgalter-audit metodlari va uslublarini qamrab oladi. 70411801-Menejment va 70410201-Buhgalteriya hisobi magistratura mutaxassisligi-oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida iqtisodiyot tarmoqlariga oid maxsus fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga yo‘naltirilgan. Kafedra faoliyati davomida D.S.Saidaxmedova Hindistonning Tadbirkorlikni rivojlantirish institutida “Inkubatsiyalar orqali innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish” yo‘nalishida stajirovka o‘tadi. Bakalavriatning Menejment va Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi talabalarini o‘qitish jarayoni kafedra filiallari Jizzax shahar Iqtisodiyot va Moliya bo‘limi hamda “Ibrohim Stroy” MCHJ korxonalarida tashkil etilgan. Kafedramiz viloyatdagi ko‘zga ko‘ringan nufuzli, Jizzax viloyati “Aloqabank”, Jizzax viloyati “Xalqbanki”, Jizzax viloyati “Mikrokreditbank”, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi, Jizzax viloyati soliq boshqarmasi, Jizzax viloyati “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi, Iruskon MCHJ, “SANGZOR TEXTIL” MCHJlar bilan amaliyot o‘tash dasturi bo‘yicha mustahkam hamkorlik qilib kelmoqda. Buxgalteriya hisobi yo‘nalishi talabalari o‘ndan ortiq korxonalarda dual ta’lim asosida o‘qib kelmoqda.
Kafedramizning dotsenti PhD Temur Berdiyorov Erasmus+ dasturining ENGITEC, HIGHVEC, INTRAS, TRIGGER va DEBSEuz loyihalarida ishtirok etgan. Jumladan 2023-yilda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha 2 ta grant yutdi. Mazkur DEBSEUz (676962 yevro) hamda TEX4FUTURE (790985 yevro) grantlarining bajarilishi 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan. “Triggering innovative approaches, entrepreneurial skills and attitudes in HEI learners through creating the favourable conditions for graduate’s employability in Central Asia”. TECHNICKA UNIVERZITA V KOSICIACH (Slovakiya) (999.485.00 yevro) granti ham kafedramiz yutug‘i sanaladi.