Kafedra

Kimyo muhandisligi kafedrasi mudiri

Xakberdiyev Shuxrat Maxramovich

Haftaning Dushanba va Payshanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

+998936509199

E-mail: h.shuxrat81@gmail.com

Xakberdiyev Shuxrat Maxramovich kimyo fanlari falsafa doktori, PhD., dotsent. “Gossipol hosilalarining turli komplekslarini olish va biologik faolliklarini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 3 ta monografiya, 3 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 12 ta DGU va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
KIMYO MUHANDISLIGI KAFEDRASI HAQIDA
Jizzax politexnika insitituti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi 1983-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali tarkibida kimyo fanlari doktori, professor Qurbonov Farhod Qurbonovichning rahbarligida “Umumiy kimyo” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.
Kafedra bakalavriatning 60710100-Kimyoviy texnologiya (Elektrokimyoviy ishlab chiqarishlar), 60710100-Kimyoviy texnologiya (Qurilish materiallari), 60721100 – Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishlari va magistraturaning 70710106 – Materiallar kimyoviy qarshiligi va zanglashdan himoyalash hamda 70710105 – “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” yo‘nalishlarida talaba-yoshlar taqsil olmoqdalar.
Xakberdiyev Shuxrat Maxramovich kimyoa fanlari falsafa doktori PhD dotsent Kimyo muhandisligi kafedrasiga 2025-2026 o‘quv yilidan kafedra mudiri etib tayinlandi.
Kafedrada 19.5 shtat birligida 28 nafar professor-o‘qituvchilar bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 11 nafari fan nomzodlari, professor va dotsentlar, 1 nafari dotsent vazifasini bajaruvchi, 1 nafari katta o‘qituvchi hamda 17 nafari assistentlar. Kafedrada 2 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan: O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tekshirish instituti, Umumiy va noorganik kimyo ilmiy tekshirish instituti, Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ, “Jizzaxplastmassa” AJ, “Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi, “Jizzaxpolimerplast” MCHJ, “Mega industrial invest” MChJ shaklidagi QK, “Sogdiana pipe plast” MCHJ, “Olmaliq KMK” AJ Sherobod sement zavodi, “Bo‘ston olami” MCHJ, “Jizzax neft baza” MCHJ.

KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
 Kimyo
 Umumiy va noorganik kimyo
 Organik kimyo
 Qurilish kimyosi
 Fizikaviy va kolloid kimyo
 Analitik kimyo
 Polimerlar fizikasi va kimyosi
 Suv kimyosi va mikrobiologiyasi
 Analitik, fizkolloid biorganik kimyo
 Yo‘l qurilishi materiallari kimyosi
 Atrof muhit sifatining fizik-kimyoviy tahlili
 Umumiy kimyoviy texnologiya
 Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi
 Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1-2
 Mineralogiya, kristallografiya va kristallokimyo asoslari
 Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar-1-2
 Kimyoviy tok manbalari
 Nazariy elektrokimyo
 Elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi 1-2
 Noorganik moddalar elektrosintezi
 Korroziya va metallarni korroziyadan saqlash 1-2
 Elektrokimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining jihozlari va loyihalash asoslari
 Silikat va qiyin eriydigan nomеtall matеriallar fizik-kimyosi
 Kimyo sanoati enеrgotеxnologiyasi
 Qurilish matеriallar ishlab chiqrishda uskuna va jihozlar
 Kompozitsion matеriallar tеxnologiyasi

Bu fanlar bo‘yicha dunyoning TOP 300-talikda turuvchi Oliy ta’lim muassalarining sillabus va o‘quv dasturlari mavjud bo‘lib ular asosida o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlangan. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining samarali joriy etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘quv yili davomida talabalarni chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish maqsadida yangi avlod pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909 qarori asosida 2021-2023-yillarda Jahon va Islom taraqqiyot banki tomonidan Fizik-kimyoviy tahlil laboratoriyasiga oid jami 32 nomdagi laboratoriya jihozlari olib kelindi va ishga tushirildi. Barcha o‘quv-laboratoriya ishlari uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.
KAFEDRADA ERISHILGAN ILMIY YUTUQLAR
2025-yil kafedra dotsenti Pozilov Mamajon Narziqulovich 02.00.01 – Noorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini oldi.
2025-yil kafedra dotsenti Xadjibayev Diyor Asatullayevich 02.00.11 Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo‘yicha “Modifikatsiyalangan Glaukaned asosida adsorbent yordamida sanoat oqava suvlarini tozalash” mavzusida PhD ilmiy darajasini olib, 02.00.11 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi.
2025-yil kafedra katta o‘qituvchisi Qurbanova Latofat Mamadiyorovna 02.00.04 – Fizik kimyo (kimyo fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Natriy-karboksimetilsellyuloza va azot, fosfor tutgan birikmalar asosidagi yashil ingibitorlarning samaradorligi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2025-yil kafedra katta o‘qituvchisi Mansurov Olim Pardaboyevich 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha Dotsent ilmiy unvonini oldi.
KAFEDRANING XORIJIY XAMKORLIK ALOQALARI
2024-2025 o‘quv yilida Kimyoviy texnologiya kafedrasining o‘quv yuklamasida ko‘zda tutilgan dars mashg‘ulotlarining sifatini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shri-Lanka universiteti dotsenti Kasun Kumara va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti Turabekova Gauxar Zaxiyevnalar 60710100-Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalariga 2025-yil 25-26 aprel kunlari 12 soat soatbay haq to‘lanmaslik asosida dars mashg‘ulotlarini olib bordi. Joriy o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilaridan professor M.Pozilov 2025-yilning sentyabr oyida, kafedra dotsenti N.Rashidova, kafedra dotsent v.b. L.Qurbanova, katta o‘qituvchi F.Karimovalar 2025-yilning noyabr oyida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida o‘qituvchilarning xalqaro akademik mobillik asosida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bordilar.