Fizika kafedrasi mudiri
Axmedov Erkin Raxmonovich
Seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
+998936138555
Axmedov Erkin pedagogika fanlari falsafa doktori PhD dotsent. “Virtual ta’lim texnologiyalari vositasida umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish (texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalari misolida)”mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 50 dan ortiq maqolalar muallifi.
FIZIKA KAFEDRASI HAQIDA
“Fizika” kafedrasi Toshkent politexnika institutining Jizzax filialidagi “Umummuxandislik fanlari” kafedrasi tarkidan 1979-yilda ajralib chiqqan. Kafedra turli yillarda “Fizika va elektroenergetika”, “Elektroenergetika”, “Radioelektronika” nomlari bilan atalgan. 2019-yil dekabr oyida “Fizika” kafedrasi “Radioelektronika” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi. Kafedraga fizika matematika fanlar nomzodi professor Mustafaqulov Asror Axmedovich rahbarlik qilib kelgan. 2024-yil sentyabr oyidan pedagogika fanlari nomzodi (PhD) Axmedov Erkin Raxmonovich Fizika kafedrasiga kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 9,25 shtat birligida 14 nafar professor-o‘qituvchilar bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 5 nafari fan nomzodlari, professor va dotsentlar, 2 nafari dotsent vazifasini bajaruvchi, 2 nafari katta o‘qituvchi hamda 5 nafari assistentlar. Asosiy shtatda 8 nafar o‘rindoshlik asosida 6 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada 3 ta yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
1. Kristallar va polimer materiallarning fizikaviy-kimyoviy va strukturaviy xususiyatlarini spektroskopik usullarda tadqiq etish. Bu yo‘nalishda professor A.Mustafakulov, dotsent S.Eshbekovalar hamda ilmiy izlanuvchilar U.Axmadjonova, J.Ibragimov, Z.Qulboyev, K.Yaxshilikovlar shug‘ullanishmoqda.
2. Fizika fanini o‘qtishning zamonaviy usullaridan foydalanish muammolari. Bu borada kafedra mudiri E.Axmedov, dotsent S.Ruziboyev, , Sh.O‘rinov, S.Norqulov, A.Abduraxmonov, A.Shermuxammedov, S.Ismoilovlar shug‘ullanishmoqda.
3. Qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilarini sugʻorish suvi bilan taʼminlashni monitoring qilish va optimal boshqarish (aqlli tizimni ishlab chiqish) vazifalarida “IoT” texnologiyalarini integratsiyalash hamda Yarim shaffof quyosh panellarini quvvatini oshirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilardan M. Eshqulov va Sh. Qo‘shoqovlar shug‘ullanib kelishmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi sifatida mazkur o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan 25 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalar Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy jurnallarda hamda dunyo tan olgan xorijiy Scopus va Web of Science manbalarda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan 10 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Kafedra a’zolari tomonidan turli yillarda 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari asosida chop etilgan. Jumladan 2019-yilda 2 ta o‘quv qo‘llanma Toshkent innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa ijodiy uyida chop etilgan. 2020-yildan 2024-yilgacha kafedra tomonidan 10 ortiq Fizika, Yadro va neytron fizikasiga oid darsliklar chop etilgan.
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR
Fizika
Fizika 1,2
Muhandislik fizikasi
Qurilishda fizika
Umumiy fizika
Bu fanlar bo‘yicha dunyoning top 300-talikda turuvchi Oliy ta’lim muassalarining sillabus va o‘quv dasturlari mavjud bo‘lib ular asosida o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlab qo‘yilgan.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar doirasida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarining samarali joriy etilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘quv yili davomida talabalarni chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish maqsadida yangi avlod pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston respublikasi prezidenting PQ-2909 qarori asosida fizika 2019-yilda qiymati 120 ming yevro bo‘lgan Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida tayyorlangan 31 nomdagi laboratoriya ishlari komplekti olib kelindi va ishga tushirildi. 2023-yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan Mexanika bo‘limiga oid jami qiymati 48 100.62 dollarga yaqin 14 nomdagi laboratoriya ishlari olib kelindi va ishga tushurildi. Barcha o‘quv-laboratoriya ishlari uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.
KAFEDRADA ERISHILGAN ILMIY YUTUQLAR
2025-yil kafedra katta o‘qituvchisi O‘rinov Shuhrat Suyunovich 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarning loyihaviy-dasturiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (Radioelektronika fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
KAFEDRANING XORIJIY XAMKORLIK ALOQALARI
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan kafedra mudiri dots. PhD E.Axmedov va v.b. dotsent PhD Sh.O‘rinovlar M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida 1 oylik stajirovkada M. Eshqulov va Sh. Qo‘shoqovlar Xitoy Xalq Respublikasi Szyansu provinsiyasi Usi shahridagi quyosh panellari ishlab chiqaruvchi “Wuhan Ooitech Trading Co., Ltd” kompaniyasida 2 oy davomida ilmiy o‘rganishlar, texnik izlanishlar o‘tkazib qaytishdi. Kafedra assistenti Shermuxammedov Abdulatif Xitoy Xalq Respublikasining “Bir kamar – Bir yo‘l” loyihasi doirasida nufuzli Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida (North China University of Technology) ilmiy stajirovkani o‘tab qaytdi. Bundan tashqari kafedra assistenti Eshqulov Muhriddin dunyodagi nufuzli TOP-300 talikka kiruvchi Kanpur Hindiston texnologiyalari institutida (Indian institute of technology, Kanpur) qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi.