Kafedra

Oliy matematika kafedrasi mudiri

Adilov Boburjon Baxridin oʻgʻli

Chorshanba va Juma kunlari soat 15:00 dan 17:00 gacha.

+998932990056

E-mail: bobur.adilov@inbox.ru

KAFEDRA HAQIDA MA'LUMOT:
“Oliy matematika” kafedrasi 1978 yil mart oyida Toshkent politexnika instituti Jizzax umumtexnika fakultetining umum ta’lim fanlari kafedrasi qoshida tashkil etildi. 1978-2025 yillarda kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.Mansurov, texnika fanlari nomzodi T.Eshonqulov, texnika fanlari nomzodi A.Abdulxalikov, katta o‘qituvchi S.Murodov, fizika-matematika fanlari nomzodlari: A.O.Musayev, A.Hamroqulov, B.Bobonazarov, A.Sh.Berdiyorov, U.A.Soatov va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent M.M.Usanovlar mudirlik qildilar. Kafedraning tuzilishi va rivojlanishida fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.Mansurov, A.O.Musayev, A.Abdulxalikovlar katta hissa qo‘shgan. 2025 yil sentabr oyidan boshlab kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent B.B.Adilov rahbarlik qilib kelmoqda. 2010-2016 yillar mobaynida kafedra tarkibi yosh o‘qituvchilari R.Mirzaqobilov, T.Haydarov, H.Alimov, S.Sharipov, K.Axadova, B.Rahimov va A.Ne’matovlar orqali yoshartirildi. Bu yosh mutaxassislar qisqa vaqt ichida o‘z ilmiy-tadqiqot izlanishlarini aniqladilar va mamlakatimizning nufuzli oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan uzviy ilmiy-tadqiqot ishlarini boshladilar. 2016 yil sentabrdan kafedraga f.m.f.d., professor S.Otaqulov ishga taklif etildi. Bu yetuk olim mehnat faoliyatini boshlagandan yosh o‘qituvchilar B.Rahimov va T.Haydarovlarning ilmiy ishiga rahbarlik qilib kerakli maslahatlarini berib kelmoqda. 2018-2022 yillarda kafedraga prof., J.Xusanov, dots. E.Qurbonov, M.Usanov, B.Adilov, Sh.Fayzullayev, U.Arslonov, N.Abriyev, S.Abdusaidov, J.Mamatov, A.Uzoqboyevlar ishga qabul qilindi. Ushbu yosh o‘qituvchilar qisqa fursatlarda o‘zlarining ilmiy ishlarini boshlab yuborishdi va yuqori natijalarga erishishdi. Hozirgi kunda kafedra o‘qituvchilari X.Jabborov, U.Arslonov, N.Abriyev va M.Tursunovlar mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktoranturada o‘qishga kirib o‘z ilmiy ishlarini olib bormoqda. Kafedraning 6 nafar professor o‘qituvchilarida xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlovchi 1-nafar C1 va 4 nafar B2 darajadagi til sertifikati mavjud bo‘lib ushbu professor o‘qituvchilar institutda tashkil qilingan ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruhlarga xorijiy tilda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan so‘ngi 2 yilda 10 ta darslik 6 ta o‘quv qo‘llanma 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar chop ettirildi. Mamlakatimiz va Xorijning nufuzli oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlari natijalari hisoblangan ilmiy maqolalar chop ettirilib kelinmoqda. Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarda 15 dan ortiq maqolalari chop ettirildi.
Hozirgi kunda kafedra tarkibida 16 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan, 1 ta professor, 5 ta fan nomzodi, (PhD)-dotsentlar, 6 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistentlar Institutning barcha yo‘nalishlariga oid 6 ta fan bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga mos holda talabalarga bilim berib kelmoqdalar.