Kafedra

Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri

Narbekov Nodir Narmatovich

Haftaning seshanba, chorshanba, juma kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha

+998974371614

E-mail: narbekovnodir@gmail.com

“UMUMTEXNIKA FANLARI” kafedrasi tarixi

1977 yil Toshkent Politexnika instituti qoshida Umutexnika fanlari fakulteti va shu fakultet tasarrufida “Umumtexnika va umumta‘lim fanlari” kafedrasi tashkil etilgan va kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Mahkam Soatov mudir etib tayinlandi.
1978 yil ToshPI ning Jizzax filiali tashkil etilgandan keyin “Umumtexnika fanlari” kafedrasidan “Texnik mexanika” kafedrasi ajralib chiqdi va kafedraga texnika fanlari nomzodi, dotsent Meli Hazratqulov mudir etib tayinlandi.
1992 yil Jizzax politexnika instituti tashkil etilishi munosabati bilan “Texnik mexanika” kafedrasi “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasiga aylantirildi va kafedra mudiri lavozimiga texnika fanlari nomzodi, dotsent Xalmurat Xaydarovich Igamberdiyev tayinlandi.
Institutda talabalar sonining va kafedrada o‘qitiladigan fanlarning oshishi tufayli turli yillarda kafedra “Yengil sanoat texnologiyalari va mexanika” kafedrasi (kaf. mud. t.f.n., dots. X.X.Igamberdiyev), “Mexanika” kafedrasi” (kaf. mud. f.–m.f.n., dots. A.Sh.Berdiyorov), “Umummuhandislik fanlari” kafedrasi (kaf. mud. t.f.n., dots. M.H.Raxmatullayev), “Umummuhandislik fanlari va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” kafedrasi (kaf. mud. t.f.n., dots. G‘.G‘.Egamnazarov), “Umummuhandislik fanlari, metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi” (kaf. mud. t.f.n., dots. X.X.Igamberdiyev), “Umumtexnika fanlari” kafedrasi (kaf. mud. f.–m.f.n., dots. A.X.Zokirov), “Umumtexnika fanlari” kafedrasi (kaf. mud. i.f.n., dots. М.А.Aynaqulov), “Umumtexnika fanlari” kafedrasi (kaf. mud. p.f.f.d., dots. J.R.Turmatov), “Umumtexnika fanlari” kafedrasi (kaf. mud. f-m.f.f.d., dots. R.B.Butayev) nomlari bilan faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda kafedra “Umumtexnika fanlari” nomi bilan yuritiladi va unga p.f.f.d., dotsent N.N.Narbekov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 16 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 2 nafar fan doktori, professor, 11 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 3 nafar assistentlar. Kafedra jamoasi oldiga yetuk kadrlar tayyorlashda o‘quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Kafedrada “Nazariy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Texnik mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Mexanika”, “Qurilish mexanikasi”, “Materialshunoslik va KMT”, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”, “Mashina detallari”, “Muhandislik psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahurat”, “Maxsus fanlami o‘qitish metodikasi”, “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik”, “O‘qitishni faollashtirishning zamonaviy metodlari”, “Avtomobillar maxsus kursi”, “Ta’lim texnologiyalari” kabi fanlar o‘tiladi. O‘tiladigan barcha fanlardan o‘quv jarayoniga mos holda o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlangan.

Erishilayotgan natijalar

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
“Umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
- Tuproqqa ishlov beruvchi kultivatorlarning ishchi organlarini yuqori resursli yangi turlarini yaratish va parametrlarini asoslash;
- Modulli-kompetentli yondoshuv asosida talabalarni innovatsion muhandislik faoliyatini rivojlantirish metodikasi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati
Kafedrada fan doktori, professor 2 nafar, fan nomzodi, dotsentlarning soni 11 nafar bo‘lib, kafedraning ilmiy salohiyati asosiy shtatdagilarga nisbatan 81,25 % tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 49,9 yoshni, shu jumladan fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi 50,3 yoshni tashkil etadi.

Kafedraning Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari
“Umumtexnika fanlari” kafedrasida 2022-2023, 2023-2024, 2024-2025 o‘quv yillarida kafedrada amaliy texnik dasturlar asosida ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda:
“Tuproqqa ishlov beruvchi kultivatorlarning ishchi organlarini yuqori resursli yangi turlarini yaratish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi ilmiy ishlar majmuini Dalat granti tenderlarida qatnashish rejalashtirilgan.
Ushbu mavzu bo‘yicha 1 ta ixtiro va 2 ta foydali model O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi intellektual mulk agentligiga topshirildi va ijobiy qaror olindi.
Ixtiro nomi: “Tuproqqa ishlov beruvchi mashina uchun ishchi organ” № IAP 8087 raqamli.
Mualliflar: Quvondiqov Yoqub Tursunbaevich, Nuriev Karim Katibovich, Foydali model nomi: “Tuproqqa ishlov beruvchi aylanma ishchi organ” FAP 2022 0017 raqamli.
Mualliflar: Nuriev Karim Katibovich, Nuriev Mansur Karim o‘g‘li, Quvondiqov Yoqub Tursunbaevich, Qobilov Bekzod O‘ktam o‘g‘li.
Foydali model nomi: “Tuproqqa ishlov beruvchi yig‘ma ishchi organ” nomli FAP 2022 0018 raqamli.
Mualliflar: Nuriev Karim Katibovich, Nuriev Mansur Karim o‘g‘li, Turmatov Jaloliddin Raxmatullaevich, Quvondiqov Yoqub Tursunbaevich, Qobilov Bekzod O‘ktam o‘g‘li.


Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi
Kafedra Respublikamizning bir qator oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan bo‘lib, ular jumlasiga: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent Arxitektura qurilish instituti, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute, larini kiritish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan universitetlar va institutlar bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar olib borilmoqda.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar
Ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va “startap” loyihalarini o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida tanlab olish va moliyalashtirish tanlovida ishtirok etish uchun “Umumtexnika fanlari” kafedrasi quyidagi loyihalarni taqdim etdi:
- Soya urug‘larini dukkaklaridan ajratadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash;
- Quyosh nurida quritgich;
- Suv yo‘q joylarda o‘simliklarni sug‘orish usuli;
- KXU-4X kultivatorining o‘qyoysimon panjasini yangi turini yaratish;
- Sanoat korxonalari hududida ekologik holatni yaxshilash
- CHKU-4A kultivatorning o‘qyoysimon panjasini yangi turini yaratish.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar
O‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi Oliy o‘quv yurtlari va Fanlar Akademiyasi tizimidagi ilmiy tekshirish institutlari bilan o‘zaro o‘quv-ilmiy sohalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilgan:
• Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universitetining Naberenjnochelninskiy instituti filali “Mexanika va konstruktsiyalash” kafedrasining dotsenti Fardaev A.R. bilan kafedra mudiri dotsent Turmatov J.R., kafedra dotsenti O.Qo‘ychiyevlar tomonidan ilmiy va o‘quv sohalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ysh bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.
• Kafedrada ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida Jizzax politexnika instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi hamda Qozon Federal universitetining Naberejnochelni instituti filali “Mexanika va konstruktsiyalash” kafedrasining dotsenti Fardaaev Albert Rifovich tomonidan Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi 2 bosqich talabalariga “Mexanika” fanidan 12 soat hajmda, M-1-21 guruh talabalariga “Nazariy mexanika” fanidan 12 soat hajmda ZOOM platformasi orqali onlayn dars mashg‘ulotlari olib boradi.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kafedrada “Mexanika” ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedradagi mavjud ilmiy to‘garaklarning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi va ilmiy rahbarlari va maslahatchilari belgilangan:
“Mexanika” ilmiy to‘garagi (bundan keyin to‘garak deb yuritiladi) ixtiyoriy tuzilma bo‘lib, u quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
- talabalarni mexanikaning umumiy tushunchalari bilan tanishtirish;
- talabalarga mexanikaning umumiy qoidalarini o‘rgatish;
- talabalarga mexanikaning hayotga tatbiqi haqida tushuncha berish;
- talabalarda mexanika qonun qoidalari orqali yangi mexanizmlarni yaratishga qiziqish uyg‘otish;
“Mexanika” ilmiy to‘garagi faoliyati tasdiqlangan ish rejasi asosida tashkil qilingan bo‘lib, ishtirok etuvchi talabalar soni 80 nafardan iborat bo‘lib ishtirok etuvchi har bir iqtidorli talabaga mas’ul o‘qituvchi (rahbar), eng asosiysi mashg‘ulotni olib boruvchi tyutor biriktirilgan va ularning ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari tasdiqlangan. Ushbu mavzular bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda izanish natijalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejani bajarilishi
Pardaev O.R- texnika fanlari doktori, professor Nuriyev K.K. maslaxatchiligida fan doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun “Kichik maydonlardagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini boshog‘i va dukkaklaridan ajratishning ilmiy-texnikaviy yechimlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda.
Quvondiqov Yo.T- texnika fanlari doktori, professor Nuriyev K.K. maslaxatchiligida fan doktori (Dsc) “Kultivator panjasining yeyilish dinamikasini tadqiq qilish va yuqori resursli konstruktsiyasini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil tadqiqotchi sifatida davom ettirmoqda.
Alikulov S.S – pedagogika fanlari doktori, professor Hamidov J.A maslaxatchiligida fan doktori (Dsc) “Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarnikasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik tizimini takomillashtirish (fizika fanini o‘qitish misolida)”
Axmedov A.T- texnika fanlari doktori, professor Astanaqulov K.D. rahbarligida “Urug‘lik makkajo‘xori so‘talarining yaroqsiz qismini ajratish qurilmasi parametri va ish rejimlarini asoslash” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil tadqiqotchi sifatida boshladi.
Qabilov B.U- texnika fanlari doktori, professor Nuriev K.K. rahbarligida “Resursi oshirilgan kultivator tuzilmali ishchi organining parametrlarini asoslash” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.