...

23 Dek

Elektr texnologiyasi kafedrasi o'qituvchisi FEP dasturi boʼyicha grantni qoʼlga kiritdi.

Jizzax politexnika instituti Elektr texnologiyasi kafedrasi katta о‘qituvchisi Mirzayev Uchqun Nazarqosimovich Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universitetida malaka oshirish va tajriba almashish uchun FEP dasturi boʼyicha grantni qoʼlga kiritdi. Grant toʼliq Amerika qoʼshma shtatlari tomonidan qoplab beriladi.

 

To‘rt oy davom etuvchi mazkur dastur O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasi
o‘qituvchilariga AQShda pedagogik mahorat va predmetlarga oid kasbiy bilimlarni egallash orqali
o‘z akademik malakalarini oshirish imkonini beradi. Ishtirokchilar FEP doirasida o‘quv dasturlarini
ishlab chiqish, o‘qitishning muqobil usullarini o‘rganish va ta’lim sohasida o‘z tajribalarini
kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, dastur kurslarni kuzatish, akademik sohaga oid
anjumanlarda qatnashish va AQSHdagi mezbon oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita
birga ishlashni ham nazarda tutadi. Ishtirokchilar oliy ta’lim tiziminining turli jabhalarini qamrab
oluvchi qator tadbirlarda qatnashish orqali AQSH ta’lim tizimi xususidagi bilimlarini
kengaytiradilar.