E'lonlar

">

JizPI: “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.

JizPI: “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.

Joriy yil 11-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20-oktyabrdan 1-dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha 40 kunlik ishlar eʼlon qilindi. Shunga muvofiq, 20-oktyabr kunidan mamlakatimizda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida dolzarb 40 kunlik tadbiri boshlandi. Videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti jamoasi ham respublika bо‘yicha о‘tkazilayotgan ana shunday xayrli tadbirga о‘z hissasini munosib tarzda qо‘shib kelmoqda. Institutning rahbariyati, fakultetlar, kafedralar va bo’limlar jamoasi ushbu loyihada faol ishtirok etmoqdalar. Shahrimiz hamda institutimiz hududlarida obodonlashtirish hamda hududlar iqlimiga mos ko’chatlar ekish davom etmoqda. Avvalroq institutimizning barcha fakultetlari jamoalari tomonidan shahrimizning Sangzor mahallasi hududiga ko’chatlar ekilayotgani haqida ma'lumot bergan edik. Bugun ham shahrimizning markaziy ko'chalaridan bir bo'lgan Sharof Rashidov ko'chasida joylashgan 6-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining old tomonidagi hududga institutimiz jamoasi tomonidan ko'chatlar ekildi.  

TASHKILOT

Jizzax Politexnika instituti axbarot texnologiyalar markazi.

  • dgpi_info@edu.uz
  • 0(372) 2264605
  • JIZZAX SHAXRI ISLOM KARIMOV SHOX KO’CHASI 4 UY

Ulashish