- 2022-09-10 23:37:27
Jizzax politexnika institutida professor-o‘qituvchilarning navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun soat 11:00 da Arxitektura va qurilish, Energetika va radioelektronika, Servis fakultetlari professor-o‘qituvchilari ishtirokida, soat 12:30 da esa Kimyoviy texnologiya, Qurilish materiallari muhandisligi, Transport fakultetlarining professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish oʻtkazildi.
Yig‘ilishda institut rektori A.Usmankulov, soha prorektorlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi D.Hamraqulov, barcha fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan institut professor-o‘qituvchilarining 2022-2023 o‘quv yili Mehnat shartnomasi, institutda amalga oshirilayotgan ishlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, har bir professor-o‘qituvchining bevosita o‘z vazifalarini bajarishlarida yuzaki munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilish natijasiga ko‘ra institutning kelgusidagi maqsad-vazifalari belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, institutning Sanoat texnologiyalari fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi yig‘ilish 12-sentyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.