- 2022-11-18 17:54:12
“Uzbek Voice” loyihasida JizPI talabalari ham faol ishtirok etdi.
Yoshlar ishlari agentligi “Kash app” dasturchilar kompaniyasi bilan hamkorlikda “UzbekVoice” loyihasining 2-bosqichiga start bergan edi.
Loyiha o‘zbek tilidagi ovozli matnlar asosini yaratish va ularni zamonaviy texnologiyalarga integratsiya qilishni maqsad qilgan.
7 -13-noyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da bir haftalik “Voice Camp” oromgohi tashkil qilindi.
Oromgohda 1 hafta davomida 8 mingga yaqin yoshlar ichidan saralangan 144 nafar ishtirokchilar “UzbekVoice” botiga 2 ming soatga yaqin ovoz joylashdi.
10 nafar ishchirokchilar qimmatbaho sovga‘lar va sertifikat bilan taqdirlandilar. Ishtirokchilar orasida Sanoat texnologiya fakulteti “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi 3-kurs talabasi Tojiboyev Abbos ham voucher va sertifikat bilan mukofotlandi.
Shuningdek, talabamiz Adilov Jo‘rabek ham “UzbekVoice” marafoni doirasida tashkil etilgan “Voice-Camp” loyihasida faol ishtirok etdi.