...

10 Yan

Tyutorlar uchun bir qator mavzularda o’quv-seminarlari o’tkazildi.

Tyutorlar – bu yuksak mas’uliyat egalari hisoblanadi. Zero, tyutor dunyoqarashi endi shakllanayotgan talaba bilan muntazam tarzda ishlaydi. Bunday mutaxassisning asosiy vazifasi – boshqa odamga o‘qishni samarali va qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish. Yaxshi tyutor – bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini, zaxiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni o‘rgatadi. 

Jizzax politexnika institutida Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Sh.Musayev tomonidan “Talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etishning ustuvor yo’nalishlari” hamda O‘quv-uslubiy boshqarma ta’limda kredit tizimini boshqarish mas’uli A.Bo‘riboyev, S.Turopovlar tomonidan “Hemis dasturida talabalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish” mavzularida o’quv-seminari o’tkazildi.

Mazkur tadbirda institutimizning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Sh.Musayev, O‘quv-uslubiy boshqarma ta’limda kredit tizimini boshqarish bo’yicha mas’ullar A.Bo‘riboyev, S.Turopov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda barcha fakultetlar tyutorlari ishtirok etdilar.

Oʻquv-seminarini M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, tadbirning mazmun mohiyati haqida gapirdi.

Shundan so’ng, so’z navbati ma’ruzachilarga berildi.

Ilmiy tadqiqot, ilmiy maqola, tezis tayyorlash, HEMIS axborot tizimi va shu kabi mavzu doirasidagi bir qator masalalar bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida so’zga chiqqan S.Eshbekova tyutorlarga faoliyatida tinmasdan izlanishi va talabalarning faoliyatini to‘liq nazorat qilib borishlarida g’ayrat va shijoat tiladi.

Tadbir davomida tyutorlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Ushbu o’quv-seminari barcha tyutorlar uchun g’oyat foydali bo’ldi.