Rektorat

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Jamshid Nurmuxamatovich Abdunazarov

Qabul vaqti: chorshanba 10:00 – 12:00

Telefon: (72) 226-57-03

E-mail: jamshid1986_86@.ru


   Institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor lavozim vazifalari: O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish; -Davlat ta'lim standartlari asosida ilmiy ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash; -Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko'rsatmalarini, ilmiy-tadqiqot jarayonlariga oid masalalar bo'yicha institut Ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish; -Ilg'or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o'rganish, "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va boshqa ta'limga oid qonunlar ko'rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash; -Faoliyat yo'nalishi bo'yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish; -Ilmiy ishlar jarayonini ta'minlaydigan bo'limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish; -Ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, institut uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg'or uslubiy tajribalarni umumlashtirish; -Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to'plamlarini institut xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo'nalishlari bo'yicha umumiy rahbarlikni olib borish; -Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko'maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish; -O'quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish; -Kafedralar, fakultet va bo'limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o'tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o'qituvchilarning ilmiy ishlar faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish; -Oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy ishlar yo'nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o'qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash; -O'rnatilgan tartibda institutning ilmiy sohadagi yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish; -Institutni o'rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o'tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o'tkazishda faol ishtirok etish.


   Mehnat faoliyati
                
                    2005-2009 yy. - Jizzax politexnika instituti talabasi
                    2009-2011 yy. - Toshkent avtomobil yo'llar instituti magistranti
                    2010-2011 yy. - Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi UzMEDInfo markazi o'qituvchisi
                    2011-2012 yy. - Jizzax politexnika instituti Transport vositalarini ishlatish kafedrasi assistenti
                    2012-2015 yy. - Moskva avtomobil yo'llar davlat texnika universiteti aspiranti
                    2012-2014 yy. - Moskva avtomobil-yo'llar davlat texnika universiteti Avtomobil yo'llar loyihasi va qidiruvi kafedrasi kichik ilmiy xodimi
                    2015-2016 yy. - Jizzax politexnika institutining Yer usti transport tizimi kafedrasi katta o'qituvchisi
                    2016-2020 yy. - Jizzax politexnika institutining Yer usti transport tizimi kafedrasi dotsenti
                    2018-2022 yy. - Jizzax politexnika instituti Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig'i
                    2022-2024 yy. - Jizzax politexnika institutining Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori (ichki o'rindoshlik asosida transport logistikasi kafedrasi professor v.b.)
                    2024- h.v - Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori (ichki o'rindoshlik asosida Transport logistikasi kafedrasi professori)