Jizzax politexnika instituti rektori
Usmankulov Alisher Kadirkulovich
Qabul vaqti: Juma 15:00 – 17:00
Telefon: (+998 72) 226-46-05
Usmankulov Alisher Kadirkulovich 2016 yilning 28 sentabridan Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. Texnika fanlari doktori, dotsent. Umumiy mehnat faoliyati 26 yil. Usmankulov Alisher Kadirkulovich 1985 yili Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining "Paxtani dastlabki ishlash" ixtisosligi bo'yicha o'qishga kirib, 1992 yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1986-1988 yillari Armiya Safida xizmat qildi. 1992 yildan boshlangan pedagogik faoliyati davomida TTESI "Paxtani dastlabki ishlash" kafedrasida laboratoriya mudiri, assistent va dotsent lavozimlarida ishladi. 1999-2002 yillari TTESI "Paxta sanoati texnologiyasi va mexanika" fakultetining ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha dekan muovini, 2002-2006 yillari TTESI marketing bo'limi boshlig'i, 2007-2008 yillari TTESI "Paxtani dastlabki ishlash" kafedrasi mudiri, 2008 yildan TTESI "Paxta sanoati texnologiyasi" fakulteti dekani va 2016 yilning 4 aprelidan 28 sentyabrigacha TTESI moliya va iqtisod ishlari prorektori lavozimida ishlab keldi. 2002 yili "Повышение эффективности процесса сушки хлопка-сырца в барабанной сушилке" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2016 yilning 26 noyabrida "Создание высокопроизводительной хлопко-сушильной установки и технологии на основе интенсификации тепло-массообменных процессов" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. A.Usmankulov tomonidan 130 dan ortiq ilmiy ishlari xalqaro va davlatimiz ilmiy jurnallarida chop etildi va 15 dan ortiq patent va ixtirolar soxibi, 3 ta monografiya va 2 ta darslik muallifidir. Uning rahbarligida 14 nafar magistr va 100 ga yaqin bakalavrlar tayyorlangan. 2013 yil 14-27 avgust kunlari Chexiya Respublikasi Praga shaxridagi "Высшей школой экономика и менежмента (VSEM)" institutida o'tkazilgan "Ta'lim muassasalarida ilmiy ishlarni tashkil etish" mavzusidagi Xalqora seminarda ishtirok etdi. Ilmiy tadqiqot yo'nalishida oxirgi 10 yil davomida Davlat tomonidan e'lon qilingan 3 ta amaliy, 3 ta innovatsion, 1 ta fundamental grant loyixalarida ilmiy raxbar bo'lgan.
1985 – 1992 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti Talaba 1986 – 1988 yy. – Xarbiy xizmatda 1992 – 1995 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxtani dastlabki ishlash kafedrasi Laboratoriya mudiri 1995 – 1997 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxtani dastlabki ishlash kafedrasi Assistent 1997 – 2000 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxtani dastlabki ishlash kafedrasi Laboratoriya mudiri 2000 – 2002 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxta texnologiyasi va mexanika fakulteti ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha dekan muovini 2002 – 2007 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti Marketing bo'limi boshlig'i 2007 – 2008 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxtani dastlabki ishlash kafedrasi Kafedra mudiri 2008 – 2012 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxta sanoati texnologiyasi va mexanika fakulteti fakulteti dekani 2012 – 2016 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti paxta sanoati texnologiyasi fakulteti Dekan 2016 – 2016 yy. – Toshkent to'qimachilik va engil sanoat instituti moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori 2016 y. – h.v. – Jizzax politexnika instituti Rektor