Img
6-Fevral, 2026-yil

JizPIda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida “Fikrlar marafoni” oʻtkazildi

Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga bag‘ishlangan “Fikrlar marafoni” tashkil etildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari, unda belgilangan vazifalar hamda yoshlar oldida turgan ustuvor masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda bir qator faol talabalar so‘zga chiqib, strategiya doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar yuzasidan o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.

Yakunda faollik koʻrsatgan tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi.

Ular tomonidan bildirilgan taklif va fikrlarni uzbekistan2030.uz rasmiy platformasiga joylashtirish bo‘yicha kelishib olindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3