Jizzax politexnika institutida sportga e’tibor kuchaymoqda
2026-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, jumladan sport infratuzilmasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Vazir tomonidan talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashrifning mantiqiy davomi sifatida, 2026-yil 6-fevral kuni Jizzax politexnika institutiga Sport vaziri Adkham Ikramov nomidan sovg‘a — stol tennisi doskasi, raketkalar hamda tennis toʻplari olib kelindi.
Talabalar tomonidan ushbu sovg‘a katta mamnuniyat bilan qabul qilinib, sportga bo‘lgan qiziqish va faollik yanada oshishiga ishonch bildirildi.
Mazkur sport anjomlari institut talabalari uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Jizzax politexnika instituti rahbariyati Sport vazirligiga va shaxsan Adkham Ikramovga talaba-yoshlarga bo‘lgan e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.