Img
9-Fevral, 2026-yil

O‘zaro hamkorlik sari muhim qadam

Jizzax politexnika instituti rahbariyatining “ADM Jizzakh” MChJ vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “ADM Jizzakh” MChJ vakillari, jumladan, Xodimlarni boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sanjar Toshpo‘latov, O‘qitish va rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Jahongir Sultonov, Mehnatni me’yorlashtirish va ish haqi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bilolbek Begimov, Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Oybek Xolmuratov, Avtomobilsozlik muhandislik maktabi direktori Sirojiddin Djiyanbayev hamda Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri Sherali Suvanqulov qatnashdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, malakali muhandis kadrlar tayyorlash, bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, shuningdek, o‘quv va texnologik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelgusidagi amaliy qadamlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3