Jizzax politexnika institutida “Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati IIB mas’ul xodimlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax viloyati filiali vrach-narkologlari, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mas'ul xodimlar tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, ularning oqibatlari va qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Vrach-narkologlar esa giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligiga yetkazadigan og‘ir zararli ta’siri, qaramlikning shakllanish jarayoni hamda uni oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalarning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va tushunarli javoblar berildi. Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Yakunda yoshlar giyohvandlikka nisbatan qat’iy va murosasiz munosabatda bo‘lishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi.