Bugun Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusida boʻlib oʻtayotgan O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o‘z ishini boshladi.
Forumning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, delegatsiya rahbari Erol Arjakliog‘lu, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Odilov hamda universitet rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etib, forum qatnashchilarini qutladilar.
Forumda O‘zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Mazkur forum doirasida Jizzax politexnika instituti va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Anadolu universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumning imzolanishi Jizzax politexnika institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini oshirish hamda talaba-yoshlar uchun xalqaro ta’lim va ilmiy faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.