Img
22-May, 2026-yil

Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Jizzax politexnika institutida bo‘ldi

Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilmurod Xudayshukurov Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov tomonidan oliygohda ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, 2025-yilda erishilgan natijalar, 2026-yilning o‘tgan davri yakunlari hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida institutning hududiy rivojlanishga xizmat qiluvchi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, malakali kadrlar tayyorlash sifati, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda oliygohning mintaqadagi ilmiy-ta’lim markazi sifatidagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar va rejalar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda belgilangan vazifalarning izchil ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2