Img
22-May, 2026-yil

Xalqaro biologiya olimpiadasida navbatdagi yutuq!

Sochi shahrida o‘tkazilayotgan Ochiq Xalqaro biologiya olimpiadasi (OIBO–2026)da O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.

Nufuzli xalqaro olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan 6 nafar o‘quvchidan iborat terma jamoa 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, jami 6 ta medal bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, terma jamoa safida yurtimiz nomidan munosib ishtirok etgan Jizzax politexnika instituti akademik litseyi Tabiiy fanlar yo‘nalishi 2-bosqich 24–08-guruh o‘quvchisi Diyorbek Karimov ham bronza medalni qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda yurtimiz va ta’lim muassasasi sha’nini munosib himoya qildi.

Mazkur yutuq o‘quvchining bilimga bo‘lgan intilishi, ustozlarining fidokorona mehnati hamda akademik litseyda yaratilgan samarali ta’lim muhiti natijasidir.

🎉 Diyorbek Karimovni, Jizzax politexnika instituti akademik litseyi jamoasini hamda O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolarini ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📍 Sochi shahri, Rossiya Federatsiyasi

Qo'shimcha rasm 1