Migratsiya agentligining Jizzax hududiy filiali rahbari Sherzod Amanov hamda filial mutaxassislari, shuningdek, Slovakiyaning “Manpower” kompaniyasi koordinatori Ilya Zevchenko Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, talabalar va bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik istiqbollari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning yangi bosqichlari va kelgusidagi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.