Img
4-Iyun, 2026-yil

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Jizzax politexnika institutida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev, tuman prokurori Sh. Salimov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J. Xojanov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisi Abdurahmon Rabbimov, Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Usmankulov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, kelajakdagi maqsadlari, bandlik masalalari, innovatsion g‘oyalari, iqtidorli talabalarning istiqbolli loyihalari va tashabbuslari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amaliyotga joriy etish hamda yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Bitiruvchi talabalar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy faoliyatni boshlash imkoniyatlari, hududda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar mas’ullar tomonidan tinglanib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3