Img
8-Iyun, 2026-yil

Qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 6-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlarini tashkil etish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, axborot siyosati samaradorligini oshirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilingan edi (https://t.me/eduuz/47449).

Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish hamda 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari hamda qabul jarayonlarida ishtirok etuvchi mas’ul xodimlar qatnashdi.

Yig‘ilish avvalida yakunlangan o‘quv yilidagi faoliyat natijalari tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar muhokama etildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, qabul jarayonlarida ishtirok etuvchi barcha mas’ullarga kirish test sinovlarini ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etish, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida qabul jarayonlari bilan bog‘liq har qanday noqonuniy holatlar va nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish, korrupsiyaviy omillarga yo‘l qo‘ymaslik hamda mas’ul xodimlarning ogohligi va javobgarligini yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3