Img
9-Iyun, 2026-yil

Bitiruvchilar Yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmoqda

Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti Qurilish muhandisligi kafedrasining 618-21 B va IQ, 619-21 B va IQ, 619 A-21 B va IQ hamda 619 B-21 B va IQ guruhlari bitiruvchi talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida fanlararo (majburiy fanlar) bo‘yicha imtihon topshirdilar.

Attestatsiya jarayonida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ochilov, fakultet dekani A. Berdiqulov hamda soha korxona va tashkilotlari vakillaridan iborat Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Imtihon davomida bitiruvchilarning mutaxassislik fanlari bo‘yicha nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalari baholandi.

Mazkur attestatsiya bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanganligini baholashda muhim bosqich hisoblanadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3