Bugun, 20-avgust kuni, Jizzax politexnika institutining 2+2 qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida abituriyentlar uchun matematika va fizika fanlaridan birinchi bosqich kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihon davomida abituriyentlarning matematika va fizika fanlari bo‘yicha bilim va tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi.
Jarayon belgilangan tartib va talablar asosida, shaffoflik, xolislik hamda akademik halollik tamoyillariga rioya qilingan holda tashkil etildi.
2+2 qo‘shma ta’lim dasturi talabalarga ta’limning muayyan bosqichlarini hamkor oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish, xalqaro ta’lim tajribasidan foydalanish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
Barcha abituriyentlarga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!