Img
25-Avgust, 2026-yil

Xalqaro yozgi maktab: ilm-fan, innovatsiya va tajriba almashinuvi maydoni

Jizzax politexnika institutida “Iqlim barqarorligi va zamonaviy suv texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab doirasida Sharif Texnologiyalar Universiteti va Shihezi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida qator ta’limiy, ilmiy-amaliy va madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Ishtirokchilar institutning IT Parki, laboratoriyalari, Avtomobilsozlik muhandislik maktabi, Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda boshqa ta’lim va ilmiy obyektlar faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, xorijiy mehmonlar “Jamshid-1” fermer xo‘jaligi va “IRUSKON” MChJga tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda innovatsion yondashuvlar bilan tanishdilar.

Dastur doirasida Jizzax shahar 3-son texnikumi, Sharof Rashidov, Zulfiya va Hamid Olimjon muzeylari, Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi, Zomin tog‘lari hamda Samarqandning tarixiy obidalariga tashriflar tashkil etildi.

Xalqaro yozgi maktabning asosiy maqsadi — iqlim barqarorligi va zamonaviy suv texnologiyalari bo‘yicha bilim va tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3