Jizzax politexnika institutida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kibergigiyena va axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida internet va raqamli platformalardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havola va xabarlardan ehtiyot bo‘lish, kiberfiribgarlikning keng tarqalgan usullari hamda undan himoyalanish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kundalik hayotda kibergigiyena qoidalariga rioya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbirda viloyat IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari ishtirok etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.