Jizzax shahrida bunyod etilgan zamonaviy va muhtasham amfiteatrda eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Tantanali tadbirni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ochib, yurtdoshlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi hamda ezgu tilaklarini bildirdi.
Bayram shukuhi hukm surayotgan tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati va yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, harbiy chiqishlar hamda mazmunli sahna ko‘rinishlari namoyish etilildi.
Tantanalar ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda bo'lib o'tdi.