Img
3-Sentabr, 2026-yil

JizPI va AgroTech klasteri hamkorligida dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Jizzax politexnika instituti va AgroTech klasteri o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida 3–4-bosqich “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi talabalariga dual ta’limni tashkil etish va amaliy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish masalalari yuzasidan tadbir o'tkazildi.

Tadbirda AgroTech klaster direktor o'rinbosari Abdusalom Qurbanov, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Maqsud Ochilov, Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani Ilhom Abbazov, “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat texnika texnologiyalari” kafedrasi mudiri Zohid Djamalov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida 3–4-bosqich talabalarining nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, ularni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dual ta’lim jarayonida talabalarni korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga keng jalb etish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur hamkorlik talabalarga ta’lim jarayonida olgan nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish amaliyoti bilan mustahkamlash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini o‘rganish va mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida kirib borishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3