Img
5-Sentabr, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida uch tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 5-sentabr kuni Jizzax politexnika institutida Janubiy Koreya Respublikasining K-FARM GLOBAL CO., LTD tashkiloti direktori janob Cho Yun Ho, Jizzax shahrida faoliyatini boshlashi kutilayotgan JIZZAKH ORGANIC SOIL TECH LLC tashkiloti rahbari Shavkat Saidahmedov hamda institut ma’muriyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish, institut bitiruvchilarini ishga qabul qilish, institut hududida hamkorlikda ilmiy-amaliy markaz tashkil etish hamda spin-off loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida Jizzax politexnika instituti va JIZZAKH ORGANIC SOIL TECH LLC o‘rtasida ikki tomonlama Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum (MoU) imzolandi.

Mazkur kelishuv ta’lim–fan–ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3