Img
7-Sentabr, 2026-yil

JizPIda yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod etaylik!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” hamda “Bilimlar kuni” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat arboblari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislari, oliy ta’lim muassasasi faxriylari, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3