Img
9-Sentabr, 2026-yil

Germaniya universiteti bilan ta’lim va ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2026-yil 9-sentabr kuni Jizzax politexnika instituti va Germaniyaning Zittau–Görlitz amaliy fanlar universiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallar almashish;
Hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va qo‘shma tadqiqotlarni boshlash;
Germaniyada dual ta’limni tashkil etish tajribasi hamda universitet–korxona hamkorligi;
Hamkorlikni amaliy natijalarga yo‘naltirish, ishlarni amalga oshirish bosqichlari va muddatlari.

Germaniya tomonidan Oliwia Sikorska, Kristin Groß va Susanne Fentzel, institut tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Maqsudjon Ochilov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida savol-javob va ochiq muhokamalar o‘tkazilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha navbatdagi vazifalar, ularni bajarish tartibi va muddatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3