Img
10-Sentabr, 2026-yil

“Kelajak tadbirkori–2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Jizzax shahridagi Yoshlar shaharchasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim tashkilotlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion loyihalari, startaplari va boshqa imkoniyatlarini ko‘rgazmali tarzda namoyish etdilar.

Mazkur yarmarkada Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda bitiruvchilari institut rahbariyati boshchiligida faol ishtirok etdilar.

Yarmarka doirasida yoshlarga kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud vakansiyalar hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Mazkur tadbir yoshlarning kasbiy rivojlanishi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3