Img
10-Sentabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti vakillari xalqaro dasturlarda ishtirok etdilar

Jizzax politexnika instituti vakillari 2026-yil 3–9-sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sustainable Development Summer School in Samarkand” hamda 7–8-sentabr kunlari tashkil etilgan “OSCE Water Hackathon” xalqaro dasturlarida faol ishtirok etdilar.

Dasturlar davomida Orol dengizi muammosi, Markaziy Osiyodagi suv muammolari, suv resurslarini samarali boshqarish va barqaror rivojlanish masalalari o‘rganilib, innovatsion yechimlar muhokama qilindi.

Dasturlarda institutimizdan:
🔹 Registrator ofisi Ma’lumotlar bazasi bo‘limi menejeri — Abduxoliqov Shahzodjon Shuxrat o‘g‘li;
🔹 Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi laboranti — Xolboyev Yusuf Akram o‘g‘li ishtirok etdilar.

“Sustainable Development Summer School in Samarkand” dasturi Swedish Aral Sea Society, “OSCE Water Hackathon” esa OSCE — Organisation for Security and Co-operation in Europe tomonidan tashkil etildi va ta’minlandi.

📌 Ushbu xalqaro dasturlar ishtirokchilarga xalqaro tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish hamda mintaqadagi dolzarb suv va ekologik muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkonini berdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3