Img
14-Noyabr, 2026-yil

Jizzax politexnika institutida Xitoy–Özbekiston kommunikatsiya sanoati instituti markazi oçildi

Jizzax politexnika institutida Xitoy Xalq Respublikasining Çongqing Polyteçnic University of Engineering (CQPUE) universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan Xitoy–Özbekiston kommunikatsiya sanoati instituti markazining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Mazkur taşabbus Xitoy–Özbekiston kasbiy ta’lim alyansi doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlaş hamda ilmiy-texnik aloqalarni kengaytirişga qaratilgan.

Tadbirda Çongqing Polyteçnic University of Engineering huzuridagi Xitoy–Özbekiston kommunikatsiya sanoati instituti dekan örinbosari You Şuhui iştirok etdi.

Uçraşuvda Xitoy universiteti vakillari videokonferensaloqa orqali ham iştirok etib, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida axborot-kommunikatsiya sohasida mutaxassislarni birgalikda tayyorlaş böyiça hamkorlik şartnomasi imzolandi. Şuningdek, hamkorlikning ustuvor yönalişlari va kelgusida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar yuzasidan kelişuvlarga erişildi.

Taşrif doirasida institutning ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va mavjud imkoniyatlari bilan ham tanişdi. Jumladan, Quriliş materiallari laboratoriyasi, Avtomobilsozlik ilğor muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etiş ilmiy markazining faoliyati, ilmiy-texnik salohiyati, ta’lim va tadqiqot yönalişlari bilan yaqindan tanişildi.

Yangi markaz faoliyati ikki davlat örtasida kasbiy va oliy muhandislik ta’limi integratsiyasini mustahkamlaş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va tajriba almaşinuvini rivojlantiriş, qöşma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3