Toşkent şahridagi “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Özbekiston–Iordaniya oliy ta’lim taşkilotlari rektorlari forumi bölib ötmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda Özbekiston va Iordaniyaning 70 ga yaqin oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari iştirok etmoqda.
Forum doirasida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, muqobil energetika, muhandislik, tibbiy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar kabi ustuvor yönalişlarda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, qöşma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur forumda Jizzax politexnika instituti rektori Alişer Kadirkuloviç Usmankulov ham iştirok etmoqda.
Forum doirasida Jizzax politexnika instituti hamda Iordaniyaning Al al-Bayt universiteti örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uşbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, professor-öqituvçilar hamda talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oşiriş uçun muhim asos bölib xizmat qiladi.
Mazkur hamkorlik Jizzax politexnika institutining xalqaro aloqalarini yanada kengaytiriş, ilmiy salohiyatini oşiriş hamda xalqaro ta’lim va ilmiy makonga integratsiyalaşuvini jadallaştiriş yölidagi navbatdagi muhim qadamdir.