Img
18-Noyabr, 2026-yil

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi nişonlandi

Jizzax politexnika institutida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan "Posboningmiz – Özbekiston" ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.

Tadbirda Jizzax viloyati Adliya boşqarmasi bölim boşliği I. Ablakulova, Jizzax politexnika instituti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği X. Hamdamova, Transport muhandisligi fakulteti dekani örinbosari T. Dungalov, Özbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti M. Ziyeyeva, tyutorlar hamda talabalar iştirok etdi.

Tadbir davomida ma’ruzaçilar tomonidan Davlat bayroğining tarixi, uning mazmun-mohiyati va milliy qadriyatlarimizdagi örni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Şuningdek, tadbir iştirokçilariga mavzuga oid videorolik namoyiş etildi.

Davlat bayroği qadim-qadimdan har bir xalq uçun mustaqillik, ozodlik, tinçlik va barqarorlik timsoli bölib kelgan. Xususan, ajdodlarimiz yurt bayroğini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar va köz qoraçiğidek asraganlar.

Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan Vatan va Davlat bayroğini madh etuvçi şe’rlar hamda qöşiqlar ijro etildi. Şuningdek, talaba-qizlar tomonidan milliy va zamonaviy raqslar namoyiş etilib, tadbirga kötarinki ruh bağişlandi.

Davlat bayroğimiz — milliy ğururimiz, Vatanimiz şa’ni va xalqimizning mustaqillik timsolidir!

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3