Jizzax politexnika instituti talaba-yoşlaridan iborat delegatsiya Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumaniga taşrif buyurib, hududning tarixiy, madaniy va ma’rifiy maskanlari bilan yaqindan tanişdi.
Taşrif davomida talabalar Oçiq osmon ostidagi kemalar muzeyi — “Kemalar qabristoni”ni tomoşa qildilar. Bir vaqtlar ulkan Orol dengizida suzib yurgan, bugun esa qurigan dengiz tubida qolib ketgan kemalar bilan tanişiş jarayonida Orol dengizining quriş tarixi, bunga sabab bölgan omillar, ekologik oqibatlar hamda hudud aholisi hayotida yuz bergan özgarişlar haqida ma’lumotlarga ega böldilar.
Şuningdek, delegatsiya Möynoq tumanidagi kutubxonaga ham taşrif buyurdi. U yerda mavjud adabiyotlar va kitob fondi bilan tanişib, kitob mutolaasi, ma’rifat va bilim olişning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almaşdilar.
Mazkur sayohat talaba-yoşlar uçun nafaqat tarixiy xotira va ekologik muammolarni çuqurroq anglaş, balki hududning madaniy-ma’rifiy hayoti bilan tanişiş, dunyoqaraşini kengaytiriş uçun ham muhim imkoniyat böldi.
Bir vaqtlar dengiz bağrida suzgan kemalar bugun tabiatni asraş, ekologik muvozanatni saqlaş va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni unutmaslik zarurligini eslatib turibdi.