YONALISH

— 70710410 —

Energiya tejamkorligi va energoaudit

📖 Ta'lim shakli : Kunduzgi
🌐 Ta'lim tili : O‘zbek
⏳ Dastur davomiyligi : 2 yil
🎓 Beriladigan daraja : Magistr
🔢 Dastur kodi : 70710410
📚 Dastur nomi : Energiya tejamkorligi va energoaudit
Default Image

Energiya tejamkorligi va energoaudit magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 30% auditoriya soati, 70% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan: issiqlik elektr stansiyalari, markazlari va sanoat korxonalarining jihozlarini loyihalash, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari; ilmiy-tadqiqot markazlari; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, kabi sohalarni qamrab oladi.
70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;
qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari;
davlat boshqaruvi va uning turli hududiy bo‘linmalari;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari;
issiqlik va elektr energiyalar iste’molchilari;
issiqlik ta’minoti tizimida ishlatiladigan texnologiyalar va ularning jihozlari;
sanoat korxonalari va shaharlarni issiqlik ta’minoti tizimlarining jihozlari;
mutaxassislik sohasining texnologik va konstruktorlik ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari.

1-kurs, 1-semestr - 1-kurs, 1-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.01 ITMM04 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 120 4 Majburiy fan
2 1.03 IEET1110 Issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi 150 5 Majburiy fan
3 1.06 EM1106 Energiya menejmenti 180 6 Majburiy fan
4 2.01 EOUNEM2121 Energotexnologik ob’ektlar uchun noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari 150 5 Tanlov fani
5 2.01 EAJO`U2121 Energetik audit jixozlari va o’lchov usullari 150 5 Tanlov fani
6 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 180 6 Majburiy fan
7 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 120 4 Majburiy fan
Jami: 1050 35

1-kurs, 2-semestr - 1-kurs, 2-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.03 IEET1110 Issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi 150 5 Majburiy fan
2 1.04 EAO’A2310 Energoaudit o‘lchovlari va asboblari 150 5 Majburiy fan
3 1.05 SKEA1212 Sanoat korxonalarining energetika auditi 180 6 Majburiy fan
4 2.01 EOUNEM2121 Energotexnologik ob’ektlar uchun noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari 150 5 Tanlov fani
5 2.01 EAJO`U2121 Energetik audit jixozlari va o’lchov usullari 150 5 Tanlov fani
6 2.02 ERFESM2204 Energiyadan ratsiolnal foydalanish va elektr energiyasini sarfini me’yorlash 120 4 Tanlov fani
7 2.02 BKXEA2204 Binolar va kommunal xo‘jaligini energetika auditi 120 4 Tanlov fani
8 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 90 3 Majburiy fan
9 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 60 2 Majburiy fan
Jami: 1170 39

2-kurs, 3-semestr - 2-kurs, 3-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.02 ETQTM1304 Energiya tejamkor qurilmalar va tizimlarni modellash 120 4 Majburiy fan
2 1.04 EAO’A2310 Energoaudit o‘lchovlari va asboblari 150 5 Majburiy fan
3 1.05 SKEA1212 Sanoat korxonalarining energetika auditi 180 6 Majburiy fan
4 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 270 9 Majburiy fan
5 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

2-kurs, 4-semestr - 2-kurs, 4-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 600 20 Majburiy fan
2 3.03 IA3410 Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 300 10 Majburiy fan
Jami: 900 30