Energiya tejamkorligi va energoaudit magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 30% auditoriya soati, 70% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan: issiqlik elektr stansiyalari, markazlari va sanoat korxonalarining jihozlarini loyihalash, ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy-tadqiqot va muassasa tashkilotlari; ilmiy-tadqiqot markazlari; ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari; oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, kabi sohalarni qamrab oladi.
70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;
qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari;
davlat boshqaruvi va uning turli hududiy bo‘linmalari;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari;
issiqlik va elektr energiyalar iste’molchilari;
issiqlik ta’minoti tizimida ishlatiladigan texnologiyalar va ularning jihozlari;
sanoat korxonalari va shaharlarni issiqlik ta’minoti tizimlarining jihozlari;
mutaxassislik sohasining texnologik va konstruktorlik ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari.
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.01 | ITMM04 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.03 | IEET1110 | Issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi | 150 | 5 | Majburiy fan |
| 3 | 1.06 | EM1106 | Energiya menejmenti | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 4 | 2.01 | EOUNEM2121 | Energotexnologik ob’ektlar uchun noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 5 | 2.01 | EAJO`U2121 | Energetik audit jixozlari va o’lchov usullari | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 6 | 3.01 | ITIMDT3123 | Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 7 | 3.02 | IPI312312 | Ilmiy pedagogik ish | 120 | 4 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.03 | IEET1110 | Issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi | 150 | 5 | Majburiy fan |
| 2 | 1.04 | EAO’A2310 | Energoaudit o‘lchovlari va asboblari | 150 | 5 | Majburiy fan |
| 3 | 1.05 | SKEA1212 | Sanoat korxonalarining energetika auditi | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 4 | 2.01 | EOUNEM2121 | Energotexnologik ob’ektlar uchun noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 5 | 2.01 | EAJO`U2121 | Energetik audit jixozlari va o’lchov usullari | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 6 | 2.02 | ERFESM2204 | Energiyadan ratsiolnal foydalanish va elektr energiyasini sarfini me’yorlash | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 7 | 2.02 | BKXEA2204 | Binolar va kommunal xo‘jaligini energetika auditi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 8 | 3.01 | ITIMDT3123 | Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash | 90 | 3 | Majburiy fan |
| 9 | 3.02 | IPI312312 | Ilmiy pedagogik ish | 60 | 2 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.02 | ETQTM1304 | Energiya tejamkor qurilmalar va tizimlarni modellash | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.04 | EAO’A2310 | Energoaudit o‘lchovlari va asboblari | 150 | 5 | Majburiy fan |
| 3 | 1.05 | SKEA1212 | Sanoat korxonalarining energetika auditi | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 4 | 3.01 | ITIMDT3123 | Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash | 270 | 9 | Majburiy fan |
| 5 | 3.02 | IPI312312 | Ilmiy pedagogik ish | 180 | 6 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 3.01 | ITIMDT3123 | Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash | 300 | 10 | Majburiy fan |
| 2 | 3.03 | IA3410 | Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) | 300 | 10 | Majburiy fan |
| 3 | 3.04 | MD | Magistirlik dissertatsiyasi | 300 | 10 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||