YONALISH

— 70730503 —

Avtomobil yo‘llari va aerodromlar

📖 Ta'lim shakli : Kunduzgi
🌐 Ta'lim tili : O‘zbek
⏳ Dastur davomiyligi : 2 yil
🎓 Beriladigan daraja : Magistr
🔢 Dastur kodi : 70730503
📚 Dastur nomi : Avtomobil yo‘llari va aerodromlar
Default Image

Avtomobil yo‘llari va aerodromlar magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil (4 semestr) bo‘lib, talaba dastur yakunlangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit — 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Dastur tarkibi: majburiy fanlar — 1380 soat (46 kredit), tanlov fanlari — 420 soat (14 kredit), ilmiy faoliyat — 1800 soat (60 kredit); jami 3600 soat (120 kredit). Fanlar bo‘yicha 1800 soatning 540 soati auditoriya mashg‘ulotlari (249 soat ma’ruza va 291 soat amaliy mashg‘ulot), 1260 soati mustaqil ta’limdir. Tanlov fanlarida «/» belgisi bilan ajratilgan fanlar muqobil hisoblanadi — har bir blokdan bitta fan tanlanadi.
70730503 – Avtomobil yo‘llari va aerodromlar – «Arxitektura va qurilish» ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, avtomobil yo‘llari, avtomagistrallar, aerodromlar va ularning muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish hamda ekspluatatsiya jarayonlarini ilmiy asosda takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Dasturning maqsadi — muhandislik masalalarini tadqiqot, hisoblash, tajriba va raqamli texnologiyalar asosida hal qila oladigan magistrlarni tayyorlash.
70730503 – Avtomobil yo‘llari va aerodromlar magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
avtomobil yo‘llari va avtomagistrallar;
aerodrom qoplamalari;
yo‘l-ko‘prik inshootlari;
yo‘l-qurilish materiallari va texnologiyalari;
transport infratuzilmasi;
yo‘l aktivlari va harakat xavfsizligini boshqarish tizimlari;
loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari;
ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari.

1-kurs, 1-semestr - 1-kurs, 1-semestr

№ Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.01 ITMER1104 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va eksperimentlarni rejalashtirish 120 4 Majburiy fan
2 1.03 AEM1106 Aerodromlar muhandisligi 180 6 Majburiy fan
3 1.04 AYLIT1103 Avtomobil yo‘llarini loyihalashning ilg‘or texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
4 2.01 YKILRQ2010 Yo‘l-ko‘prik inshootlarini loyihalash va rekonstruksiya qilish 120 4 Tanlov fani
5 2.01 AYAGT2011 Avtomobil yo‘llari va aerodromlarda geoinformatsion texnologiyalar 120 4 Tanlov fani
6 2.03 ZTLI2030 Zamonaviy transport logistikasi va infratuzilmasi 120 4 Tanlov fani
7 2.03 YHXB2031 Yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish 120 4 Tanlov fani
8 3.01 ITIMDT1428 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 180 6 Majburiy fan
9 3.02 IPI1312 Ilmiy-pedagogik ish 60 2 Majburiy fan
Jami: 900 30

1-kurs, 2-semestr - 1-kurs, 2-semestr

№ Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.04 AYLIT1103 Avtomobil yo‘llarini loyihalashning ilg‘or texnologiyalari 120 4 Majburiy fan
2 1.05 AMMI2310 Avtomagistrallar muhandisligi 120 4 Majburiy fan
3 1.06 YAB1308 Yo‘l aktivlarini boshqarish 120 4 Majburiy fan
4 1.07 YST1206 Yo‘l sohasi telematikasi 180 6 Majburiy fan
5 2.01 YKILRQ2010 Yo‘l-ko‘prik inshootlarini loyihalash va rekonstruksiya qilish 60 2 Tanlov fani
6 2.01 AYAGT2011 Avtomobil yo‘llari va aerodromlarda geoinformatsion texnologiyalar 60 2 Tanlov fani
7 3.01 ITIMDT1428 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 60 2 Majburiy fan
8 3.02 IPI1312 Ilmiy-pedagogik ish 60 2 Majburiy fan
9 3.03 IA2416 Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 180 6 Majburiy fan
Jami: 900 30

2-kurs, 3-semestr - 2-kurs, 3-semestr

№ Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.02 MFO'M1304 Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
2 1.05 AMMI2310 Avtomagistrallar muhandisligi 180 6 Majburiy fan
3 1.06 YAB1308 Yo‘l aktivlarini boshqarish 120 4 Majburiy fan
4 2.02 AQQE2020 Aerodrom qoplamalarining qurilishi va ekspluatatsiyasi 120 4 Tanlov fani
5 2.02 YQMIT2021 Yo‘l-qurilish materiallarining innovatsion texnologiyalari 120 4 Tanlov fani
6 3.01 ITIMDT1428 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 240 8 Majburiy fan
7 3.02 IPI1312 Ilmiy-pedagogik ish 120 4 Majburiy fan
Jami: 900 30

2-kurs, 4-semestr - 2-kurs, 4-semestr

№ Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 3.01 ITIMDT1428 Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 660 22 Majburiy fan
2 3.03 IA2416 Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 240 8 Majburiy fan
Jami: 900 30