YONALISH

— 60730900 —

Shahar qurilishi va loyihalash

📖 Ta'lim shakli : Kunduzgi
🌐 Ta'lim tili : O‘zbek
⏳ Dastur davomiyligi : 4 yil
🎓 Beriladigan daraja : Bakalavr
🔢 Dastur kodi : 60730900
📚 Dastur nomi : Shahar qurilishi va loyihalash
Default Image

Shahar qurilishi va loyihalash ta’lim yo‘nalishida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangunga qadar 240 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
Shahar qurilishi va loyihalash ta’lim yo‘nalishi – arxitektura-qurilish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), loyiha tashkilotlari, ishlab chiqarish birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha boshqarish, tashkiliy masalalar yechimlarini rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalardan iborat kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
60730900 – Shahar qurilishi va loyihalash ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalarda;
shaharlarni tashkil etuvchi bino va inshootlar hamda turar-joy maskanlarini bosh rejasini ishlab chiquvchi ilmiy tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida;
shahar hududi (turar-joy maskanlari, ma’muriy va yashil hududlar)ni rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya va renovatsiya qilish tashkilotlarida;
shaharlardagi mavjud bino va inshootlarni hamda turar joy maskanlarini ekspluatatsiyasi, rekonstruksiya qilish, eski hududlarni renovatsiya hamda ularni monitoring qilish tashkilotlarida;
shahar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitar tozalash xizmati tashkilotlarida;
shahar ko‘cha-yo‘llari va shahar muhandislik tarmoqlarini loyiha rejasini ishlab chiquvchi ilmiy tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlarida;
shahar bosh rejasida transportni rejalashtirish, transport ob’ektlarini loyihalash qurish va rekonstruksiya qilish tashkilotlarida;
ishlab chiqarish korxonalarida;
davlat boshqaruvi organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish.
60730900 - Shahar qurilishi va loyihalash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng, ilmiy tadqiqot institutlari va loyiha tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, shahar hududini istiqbolli rejalashtirish, qurish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitar tozalash xizmati tashkilotlari, eski turarjoy maskanlarini renovatsiya qilish, mavjud bino va inshootlarni ekspluatatsiyasi, ularni rekonstruksiya qilish tashkilotlari, shahar ko‘cha-yo‘llari va shahar muhandislik tarmoqlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya qilish tashkilotlari, shahar jamoat transporti rejalashtirish va transport ob’ektlarini loyihalash qurish va rekonstruksiya qilish tashkilotlarida faoliyat olib borish hamda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

Kurs/Semestr jadvali mavjud emas