Kadastr ta’lim yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangunga qadar 240 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60721700 – Kadastr ta’lim yo‘nalishi – Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida respublikada yuritilayotgan davlat kadastrlari turlari bo‘yicha foydalaniladigan obyektlari, kadastr korxonalari, kadastr turlariga oid yer uchastkalari va ular hududidagi obyektlar, yerdan foydalanish, yer egaliklari, obyektlardan foydalanishning huquqiy holati, miqdori va sifat tavsifi, ulardan foydalanish hamda holatini nazorat qilish va boshqarish, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi
60721700 – Kadastr ta’lim yo‘nalishi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
Davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida kadastr muhandisi.
60721700 – Kadastr bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgan taqdirda, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.