Bino va inshootlar arxitekturasi magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 30% auditoriya soati, 70% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70730101-Bino va inshootlar arxitekturasi – arxitektura va qurilish sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, loyihalash ilmiy tekshirish institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida, ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarda; arxitekturaviy byurolarda; markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida, o‘rta maxsus professional ta’limda, texnikumlarda; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyat, shahar, tuman arxitektura qurilish boshqarmalarida; arxitekturaning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini arxitekturaning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy kontseptsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan hamda kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
70730101-Bino va inshootlar arxitekturasi magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, loyihalash ilmiy tadqiqot institutlarida, ilmiy tadqiqot markazlari, loyihalash institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari;
bino va inshootlar arxitekturasida, arxitektura ob’ektlari bilan shug‘ullanuvchi arxitektura qurilish boshqarmalari;
shaharsozlik va landshaft, bosh rejalarni rejalashtirish, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari;
ilmiy tadqiqot jarayoni, o‘quv jarayoni, oliy ta’limdan keyingi ta’limda;
mutaxassislikka mos oliy ta’lim muassasalari va mos kasb-hunar texnikumlari o‘quv jarayonlari.
Qurilish vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarida;
ilmiy, texnikaviy va texnologik masalalar bilan bog‘liq akademik, ilmiy tadqiqot va muassasa tashkilotlari;
loyihalashda vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;
tashkilot va korxonalarda zamonaviy loyihalash tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari.