60731100 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba har bir semestrda 30 kredit (ECTS), bir o‘quv yili davomida esa 60 kredit to‘plashi zarur. Ta’lim muddati 4 yilni tashkil etib, talaba ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlash uchun jami 240 kredit to‘plashi lozim.
Bir ECTS krediti 30 akademik soatga teng bo‘lib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit yoki 1800 akademik soatni tashkil etadi. O‘quv mashg‘ulotlari yuklamasining taxminan 40 foizi auditoriya mashg‘ulotlariga, 60 foizi esa mustaqil ta’limga ajratiladi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi o‘quv rejasida belgilangan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60731100 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi qurilish sanoati uchun zamonaviy, sifatli, iqtisodiy samarador va energiya tejamkor qurilish materiallari, buyumlari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan muhandislik-texnologik ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha talabalar qurilish materiallari va buyumlarining xomashyo tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi, fizik-mexanik xususiyatlari, sifat nazorati, standartlashtirish hamda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.01 | DIN1104 | Dinshunoslik | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.02 | O‘EYaT1104 | O‘zbekistonning eng yangi tarixi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 1.03 | FIZ1104 | Fizika | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.05 | XT1110 | Xorijiy til | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 5 | 1.06 | OM1110 | Oliy matematika | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 6 | 1.07 | ChGMG1108 | Chizma geometriya va muhandislik grafikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 7 | 1.09 | JTS1204 | Jismoniy madaniyat va sport | 120 | 4 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.03 | FIZ1104 | Fizika | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.04 | QAT1104 | Qurilishda axborot texnologiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 1.05 | XT1110 | Xorijiy til | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.06 | OM1110 | Oliy matematika | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 5 | 1.08 | FAL1204 | Falsafa | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 6 | 1.10 | O‘zT1204 | O‘zbek tili va uni sohada qo‘llanilishi (rus tili) | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 7 | 1.11 | QKIM1204 | Qurilish kimyosi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.12 | QM1312 | Qurilish mexanikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.13 | BIA1304 | Bino va inshootlar arxitekturasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 1.14 | QMB1308 | Qurilish materiallari va buyumlari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.15 | YK1306 | Yo‘nalishga kirish | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 5 | 2.01 | YTO'RK2502 | Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 6 | 2.01 | MP2502 | Muhandislik psixologiyasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 7 | 2.03 | QMXAB2306 | Qurilish materiallarining xom ashyoviy bazasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 8 | 2.03 | NM2306 | Noruda materiallar | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 9 | 2.09 | PQMT1808 | Polimer qurilish materiallari texnologiyasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 10 | 2.09 | AvGIM2306 | Akustik va gidroizolyatsion materiallar | 120 | 4 | Tanlov fani |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.12 | QM1312 | Qurilish mexanikasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.14 | QMB1308 | Qurilish materiallari va buyumlari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 1.16 | ITU1310 | Issiqlik texnik uskunalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.17 | BTT1308 | Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 5 | 1.18 | BM1410 | Bog‘lovchi moddalar | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 6 | 1.19 | MSS1404 | Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 7 | 2.03 | QMXAB2306 | Qurilish materiallarining xom ashyoviy bazasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 8 | 2.03 | NM2306 | Noruda materiallar | 120 | 4 | Tanlov fani |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.16 | ITU1310 | Issiqlik texnik uskunalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.17 | BTT1308 | Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi | 180 | 6 | Majburiy fan |
| 3 | 1.18 | BM1410 | Bog‘lovchi moddalar | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.20 | KMZT1504 | Kompozitsion materiallarning zamonaviy texnologiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 5 | 1.23 | BTBT1512 | Beton va temir-beton texnologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 6 | 1.25 | QE1504 | Qurilish ekologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 7 | 2.05 | MBT2504 | Maxsus betonlar texnologiyasi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 8 | 2.05 | QMICHKL2504 | Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash | 120 | 4 | Tanlov fani |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | – | MA26834 | Malakaviy amaliyot | 900 | 30 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.21 | QITU1704 | Qurilish industriyasining texnologik uskunalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.22 | PIIM1704 | Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 1.23 | BTBT1512 | Beton va temir-beton texnologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 4 | 1.24 | KTQK1708 | Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 5 | 2.02 | MSA2704 | Moliyaviy savodxonlik asoslari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 6 | 2.02 | II2704 | Investitsiya va innovatsiyalar | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 7 | 2.04 | SChAQMICh2306 | Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish | 90 | 3 | Tanlov fani |
| 8 | 2.04 | SChAQ2306 | Sanoat chiqindilari asosida qo‘shimchalar | 90 | 3 | Tanlov fani |
| 9 | 2.06 | SB2708 | Sanoat binolari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 10 | 2.06 | QMQT2708 | Qurilish materiallari va qurilish tizimlari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 11 | 2.07 | QMTJA1704 | Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar | 90 | 3 | Tanlov fani |
| 12 | 2.07 | QMIChMH2806 | Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish samaradorligi | 90 | 3 | Tanlov fani |
| Jami: | 900 | 30 | ||||
| № | Fan kodi | Fanning malaka kodi | Fan nomi | Soat | Kreditlar | Tanlov turi |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 1.23 | BTBT1512 | Beton va temir-beton texnologiyasi | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 2 | 1.24 | KTQK1708 | Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari | 120 | 4 | Majburiy fan |
| 3 | 2.04 | SChAQMICh2306 | Sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 4 | 2.04 | SChAQ2306 | Sanoat chiqindilari asosida qo‘shimchalar | 150 | 5 | Tanlov fani |
| 5 | 2.06 | SB2708 | Sanoat binolari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 6 | 2.06 | QMQT2708 | Qurilish materiallari va qurilish tizimlari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 7 | 2.07 | QMTJA1704 | Qurilish materiallari texnologiyasida jarayon va apparatlar | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 8 | 2.07 | QMIChMH2806 | Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish samaradorligi | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 9 | 2.08 | ZQMK1404 | Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 10 | 2.08 | ZQML1404 | Zamonaviy qurilish materiallari va loyihalash | 120 | 4 | Tanlov fani |
| 11 | – | - | Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash va himoya qilish | 150 | 5 | Majburiy fan |
| Jami: | 900 | 30 | ||||