...

20 Sen

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni

qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori

bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish

xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Shuningdek, “Xalqaro IT-sertifikatlar uchun oʻqishi va (yoki) xalqaro IT sertifikatlar

olish xarajatlarining qoplanishi lozim boʻlgan miqdorlarni belgilash

mezoni” hamda “Xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxati” tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning oʻqishi

hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olishi uchun sarf qilgan xarajatlarining 50

foizgacha boʻlgan qismi qoplab berilmoqda.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:

Ushbu loyiha boʻyicha ariza topshirish https://my.gov.uz/ru/service/622 havolasi orqali amalga oshiriladi.

Loyiha boʻyicha batafsil maʼlumotni www.it-istedod.uz veb sayti hamda (97) 764-08-01,

(71) 209-11-99 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.