...

23 Dek

Mahmud Toir tavalludining 70 yilligi va Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi ...

O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir tavalludining 70 yilligi hamda O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavalludining 80 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirni institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib, o‘z so‘zida O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir va O’zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hayoti va ijodi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir davomida so’zga chiqqanlar tomonidan mavzu doirasida ma’ruzalar qilindi.

O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumani, Parkent qishlog‘ida tug‘ilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Yangi asr avlodi” nashriyoti, O‘zbekiston radiosida faoliyat yuritgan.

Dastlabki she’riy to‘plami — «Ayt endi, yuragim» 1991 yilda chop etilgan. Shundan keyin shoirning «Biz nechun uchrashdik», «Muhabbat shevasi», «Oqib ketgan armonlar», «Barmoqlar bodasi», «Hakni tanib», «Yuzto‘rtlik», «Saylanma», “Otamning o‘kinchi”, “She’r hikmati”, “Yangi Toshkentnoma”, “Bedorlarga bering dunyoni” kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

2001 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan, 2005 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgan.