...

23 Dek

Talabalar o’rtasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovi oʻtkazildi. 

Jizzax politexnika instituti talabalari o’rtasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik tanlovi oʻtkazildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 9-dekabrdagi 400-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut fakultetlari kesimida “Ma’rifat maydoni” tanlovi oʻtkazildi.

Tadbir avvalida barcha fakultetlardan ishtirok etayotgan jamoalar tanlov Nizomi bilan tanishtirildi. Tanlovda jamoalar quyidagi 3 ta shart asosida bellashdilar:

1-shart. “Adib hayoti” Adiblar xiyobonida o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning haykallari siymolari tasvirlangan, ushbu adiblardan 1 nafarini jamoalar o‘zi tanlagan holda hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llarini mukammal ko‘rsata olish, ko‘rgazmali taqdimot shaklida namoyish etishlari shart etib belgilandi.

2-shart. “Tezkor savol-javob” Har bir jamoaga Hakamlar hay’ati tomonidan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va adiblarning hayoti va ijodidan 3 tadan savollar berildi, har bir savol uchun 30 sekunddan vaqt ajratildi.

3-shart. “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”

Tanlovda:

1. Arxitektura va qurilish fakultetidan “Arxitektorlar” jamoasi;

2. Energetika va radioelektronika fakultetidan “Energetik” jamoasi;

3. Kimyoviy texnologiya fakultetidan “Kimyogarlar” jamoasi;

4. Qurilish materiallari muhandisligi fakultetidan “Muhandis” jamoasi;

5. Servis fakultetidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasi;

6. Sanoat texnologiyalari fakultetidan “Lider” jamoalari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, tanlovida I o‘rinni Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining “Muhandis” jamoasi, II o‘rinni Arxitektura va qurilish fakultetining “Arxitektorlar” jamoasi, III o‘rinni Servis fakultetining “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoalari egallashdi.